O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Texnologiyalar
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi 22.10.2019TexnologiyalarSuv xo‘jaligi vazirligida suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hamda quruvchi pudrat korxonalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. |
Toshkentda ilk bor ItConf.Asia forumi boʻlib oʻtadi 22.10.2019TexnologiyalarJoriy yilning 16-noyabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida axborot texnologiyalari biznesi va yuqori texnologiyali tarmoqlarda tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga bagʻishlangan ItConf.Asia xalqaro forumi boʻlib oʻtadi. |
Dushanbe shahridagi vazirliklararo maslahatlashuvlar 18.10.2019MDH2019-yilning 17-18-oktabr kunlari Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlarning axborot sohasidagi hamkorligi mavzusida vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. |
18.10.2019Iqtisodiyot Joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi natijasiga ko‘ra mamlakatning «Itochu Corporation» va «Marubeni Corporation» kabi yetakchi kompaniyalari “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi ob'yektlarini boshqarishni (SCADA) joriy etish bilan O‘zbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini modernizatsiyalash” loyihasini hamkorlikda amalga oshirish borasida qiziqish bildirgani munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. |
Poytaxtimizdagi uchta «Barkamol avlod» bolalar maktabida RoboCraft kurslari ochildi 18.10.2019Ta’limJoriy yilning 17-oktabr kuni Toshkent shahridagi uchta «Barkamol avlod» bolalar maktabida RoboCraft kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. |
Tomchilatib sug‘orish joriy etilgan maydonda paxtadan yuqori hosil olindi 17.10.2019TexnologiyalarFarg‘ona tumanidagi “Chimyon shuhrati” fermer xo‘jaligi joriy yilda 60 gektar maydonda paxta yetishtirdi. Shundan 20 gektarida tomchilatib sug‘orish usulini sinab ko‘rdi. Aynan tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilgan maydondan hosildorlik yuqori bo‘ldi. Fermer xo‘jaligi birinchi terimning o‘zidayoq rejani oshig‘i bilan uddaladi. |
Boshqaruv innovatsiyalari kunlari: katta maʼlumotlardan blokcheyngacha 17.10.2019InnovatsiyaOʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan Boshqaruv innovatsiyalari kunlari doirasida xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan seminarlar oʼtkazilmoqda, maʼruzalar oʼqilmoqda, muhokamalar qizgʼin kechmoqda. |
16.10.2019Innovatsiya Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan iborat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi davomida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi oʼrtasida imzolangan memorandum doirasida tayyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar departamenti oʼrtasida “2019-2022 yillarda fan, texnologiya va innovatsiya sohasida hamkorlik dasturi” tasdiqlandi. |
Xalqaro amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda 16.10.2019TexnologiyalarToshkentda birinchi marta “International Hotel Tashkent” mehmonhonasida 15-16-oktabr kunlari “Startap ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyot o‘sishining asosiy omili” mavzusida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqining amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. |
O‘zbekistonda ekin navlari sinovi innovatsion usulda takomillashtiriladi 15.10.2019InnovatsiyaJoriy yilning 9-12-oktabr kunlari tashkil etilgan "Золотая осень – 2019" - 21-Rossiya agrosanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi. |
O'zbekiston "GSMA Mobile 360-Evroosiyo» tadbirida ishtirok etdi 15.10.2019Texnologiyalar"GSMA Mobile 360-Evroosiyo" - davlat va xususiy sektor rahbarlarini dunyodagi eng yangi innovatsiyalarni va texnologiyalarni, shu bilan birga raqamli iqtisodiyoti, AKT va mobil telekommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan islohatlarni muhokama qilish uchun har yili o'tkaziladigan tadbir. |
Alibaba hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi 14.10.2019Texnologiyalar2019-yilning 13-oktabr kuni IT-Parkda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Хitoyning Alibaba Strategik hamkorlik markazining ilmiy tatqiqotlar instituti Bosh kotibi, Sin Cheng bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
Innovatsiya vazirligi Yaponiya bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlamoqda 11.10.2019FanOʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʼrinbosari v.b. Sharof Rajabboev boshchiligidagi delegatsiya Tokioning Kioto shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya rahbari “Ilm-fan texnologiyalarning jamiyatdagi oʼrni” 16-yillik Forumi doirasida tashkil etilgan vazirlar ishtirokidagi davra suhbatida qatnashdi. |
Orolbo‘yini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish masalalari muhokama etildi 11.10.2019EkologiyaO‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi ekologiya masalalarni moliyalashtirish ijrochi Koordinatori Pradip Kurukulasuriya rahbarligidagi BMT Taraqqiyot dasturining Nyu-York va Istambul ofislari ekspertlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
10.10.2019Texnologiyalar 9-12-oktabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursultan shahrida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (YNVTO)ning shahar turizmi bo‘yicha “Aqlli shaharlar, aqlli manzillar” 8-global sammiti o‘tkazilmoqda. Mazkur sammitda Toshkent shahar xokimi boshchiligidagi poytaxt xokimligining delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Shahar turizmi bo‘yicha sammit “aqlli shahar” kontseptsiyasi hamda “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish masalasida dunyoda uchrayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan. |
09.10.2019Fan Joriy yilning 7 oktyabr kuni BMTning Oʼzbekistondagi Taraqqiyot Dasturi Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda «Аkselerator laboratoriyasi» deb nomlangan yangi tashabbusni yoʼlga qoʼydi. Mazkur laboratoriyani rasman ishga tushirish marosimi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazida boʼlib oʼtdi. Tadbirda BMT TDning Oʼzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska hamda Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Аzimjon Nazarov ishtirok etdi. |
TATUda “SMART CITY” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda 09.10.2019Texnologiyalar“O‘zbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan 2019-yil 7-11-oktabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU, TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TATUda “SMART CITY” mavzusida O‘zbekiston-Germaniya xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. |
“O‘zbekkino“ Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi 09.10.2019Texnologiyalar“O‘zbekkino“ milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi. |