O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda
2019-10-16 | Texnologiyalar
Toshkentda birinchi marta “International Hotel Tashkent” mehmonhonasida 15-16-oktabr kunlari “Startap ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyot o‘sishining asosiy omili” mavzusida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqining amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu seminarning asosiy maqsadi eng muvaffaqiyatli innovatsion kompaniyalarni rivojlantirish bosqichlarini, ekotizim loyihalarini yaratish va rivojlantirish tajribasini, mintaqada startaplarni qo'llab-quvvatlash tizimining hozirgi holatini, ekotizimning barcha manfaatdor ishtirokchilari ishini yaxshilash uchun muammoli nuqta va imkoniyatlarni, tadbirkorlik harakatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishdir.
Seminarda Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Germaniya, Qirg'iziston Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasidan 50 dan ortiq mutaxassis va ekspertlar vakillari ishtirok etdilar.
Startaplar infratuzilmasi, ularni moliyalashtirish va o‘qitish mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada Qozog‘iston, Gruziya, va O‘zbekistonning tajribalari muhokama qilindi.
Seminarda, shuningdek, milliy startaplar o‘sishi va qo‘shni mamlakatlar bozorlariga chiqishi uchun sharoitlar yaratishda davlatning roli hamda MDH zonasidagi muvaffaqiyatli startaplar xususida so‘z borib, ularning taqdimotlari o‘tkazildi.