O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston "GSMA Mobile 360-Evroosiyo» tadbirida ishtirok etdi

2019-10-15 | Texnologiyalar

"GSMA Mobile 360-Evroosiyo" - davlat va xususiy sektor rahbarlarini dunyodagi eng yangi innovatsiyalarni va texnologiyalarni, shu bilan birga raqamli iqtisodiyoti, AKT va mobil telekommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan islohatlarni muhokama qilish uchun har yili o'tkaziladigan tadbir.

Joriy yilning 8-9-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasida bo'lib o'tgan "GSMA Mobile 360 – Evroosiyo" tadbiri doirasida MDH davlatlari hukumatlari va mobil operatorlari vakillari uchun mobil qurilmalarni IMEI-kodlari ro'yxatga olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bu yili tashkilotchilar tomonidan "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi direktor vazifasini bajaruvchi Bobur Tillabayev va "UZIMEI" loyihasini mutaxassislari  ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o'g'rilik, firibgarlik va soxta qurilmalarning noqonuniy ishlab chiqarilishi davlat tashkilotlari, uyali aloqa operatorlari, mobil qurilma ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilar faoliyatiga ko'rsatadigan ta'siri bilan bog'liq asosiy muammolarni muhokama qildilar. Tadbirda GSMA xalqaro assotsiatsiyasi vakillari va sohaning boshqa ekspertlari "qora ro'yxat" va IMEI-kodlarni bloklash va milliy reestrlarning roli haqida o'z fikirlari va ilg'or jahon tajribasi bilan o'rtoqlashadilar.

Eslatib o'tamiz, UZIMEI loyihasi O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan kontrafakt qurilmalarni olib kirish, telefonlarni o'g'irlash va noqonuniy foydalanish darajasini pasaytirish bilan bog'liq bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan edi. Shu bilan birga, ushbu loyha xaridorlariga mobil qurilmalarning IMEI-kodarini holatini  tekshirish orqali sifatli qurilmalar harid qilishlarini, kelgusida  mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilar tamonidan sifatli xizmat olishni imkoniyatini yaratadi.  Ya’ni, UZIMEI loyihasi respublika bozoriga iPhone, Huawei, Xiaomi va boshqa xalqaro brendlarning rasmiy kirishini taminlaydi.

Поделиться