O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

AKT Vaziri Xalqaro elektraloqa Ittifoqining Radioaloqa byurosi direktori bilan uchrashdi

22.11.2019Texnologiyalar

Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19)) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning, Xalqaro elektraloqa Ittifoqining Radio byurosi direktori Mario Manevich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Texnoparkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

20.11.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurdi.

“O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi”da AKT vazirligi mahsulotlari taqdim etilmoqda

19.11.2019Texnologiyalar

Joriy yilning 18-22-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Samarqand va Sakarya shahri o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqchi

18.11.2019Siyosat

Turkiya davlatining atrof-muhit va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Mujohid Demirtosh boshchiligidagi “Turk Dunyosi loyihalari festivali va mahalliy boshqaruvlar seminari” vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.

Sverdlovsk viloyati gubernatori Namanganga keladi

18.11.2019Siyosat

Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya 24 noyabr kuni Namangan viloyatiga keladi.

ItConf.ASIA xalqaro forumi oʻtkazildi

18.11.2019Innovatsiya

16-noyabrda poytaxtimizning Yoshlar ijod saroyida ItConf.ASIA xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 15 mamlakatdan kelgan 25 nafardan ortiq spikerlar hamda 2000 nafardan ziyod mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar. Axborot texnologiyalariga bagʻishlangan Forum doirasida mahalliy va xorijiy spikerlarning taqdimotlari, koʻrgazma zali, axborot berish hududi tashkil etildi.

IT Park va Inha universitetining xalqaro va milliy kompaniyalar bilan hamkorligini rivojlantirish muhokama qilindi

15.11.2019Texnologiyalar

Toshkent shahridagi Inha universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv

13.11.2019Texnologiyalar

2019-yil 13-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Saylov jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr talabi

12.11.2019Saylov

2019-yilning 12-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining a’zolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazining Malayziyada boʻlgan tadbirlarida ishtirok etdilar

12.11.2019Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasining BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM)ga aʼzo-davlatlar safiga qoʻshilishi yurtimiz ilm-fani, innovatsiya va texnologiyalar sohasining rivojlanishiga turtki berishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan “InnoWeek-2019” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi tomonidan “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferida intellektual mulkning ahamiyati” mavzusidagi mintaqaviy seminar tashkil etildi. TadbirgaHindiston, Koreya Respublikasi, Filippin, Malayziya, Shvetsiya, Qozogʻiston kabi davlatlardan spikerlar taklif etildi.

Ucell va APEX INSURANCE o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladi

11.11.2019Texnologiyalar

8-noyabr kuni «COSCOM» MChJ (Ucell savdo markasi) Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Vladimir Kravchenko hamda «APEX INSURANCE» MChJ Bosh direktori Timur Saidov uchrashuvi natijasida kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi haqi to‘lovini 99% gacha oshirdi

08.11.2019Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida shu yil 6-noyabrda mamlakatimizda ASKUE tizimini joriy etish bo‘yicha asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

IT-Parkda Nobel mukofoti laureati Dan Shextman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

08.11.2019Texnologiyalar

IT-Parkda “kvazikristallarni kashf etgani” uchun 2011-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureate boʻlgan, Isroilning yetakchi Texnologiya universiteti Texnion professori Dan Shextman bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mobil kamera sinovdan o’tmoqda

07.11.2019Texnologiyalar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash yo’nalishidagi ishlar samaradorligi oshirish maqsadida tasdiqlangan “Yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to’g’risida”gi qaroriga asosan YPX inspektorlari o’z xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishlari belgilandi.

Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish natijasida hududlarda 174 ta yangi diagnostik va 264 ta zamonaviy davolash usullari joriy etilmoqda

07.11.2019Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda aholiga tibbiyotning barcha yo‘nalishlari qatori ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni yanada yaqinlashtirish, eng so‘nggi andozalardagi davolash usullarini amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda davlatimiz rahbarining tegishli qarori ham qabul qilinib, qator amaliy ishlar bajarilmoqda.