O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya vazirligi Yaponiya bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlamoqda
2019-10-11 | Fan
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʼrinbosari v.b. Sharof Rajabboev boshchiligidagi delegatsiya Tokioning Kioto shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya rahbari “Ilm-fan texnologiyalarning jamiyatdagi oʼrni” 16-yillik Forumi doirasida tashkil etilgan vazirlar ishtirokidagi davra suhbatida qatnashdi.
23 ta davlatdan kelgan vazirlik rahbarlari ishtirok etgan yigʼilishga Yaponiya Ilm-fan va texnologiyalar vaziri Naokadzu Takemoto raislik qildi. Muhokamalar chogʼida qatnashchilar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, jamiyat va mamlakatlarning barqaror rivojlanishi maqsadida ilmiy-texnik maʼlumotlar bilan almashinish masalalariga alohida toʼxtadilar. Yigʼilish natijalariga koʼra tomonlar ushbu sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishdilar.
Safar doirasida Sh. Rajabboev qator yapon tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʼtkazdi. Xususan, Yaponiya ilm-fan va texnologiyalar agentligi, Shizenkan universiteti, Nomura tadqiqot instituti mutasaddilari bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar natijasida ilmiy-tadqiqot muassasalari bazasidagi laboratoriyalarni mustahkamlash, yosh olimlarning malakasini oshirish va ijobiy xalqaro tajribalar bilan almashish boʼyicha dasturlar tashkil etish sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.