O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Orolbo‘yini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish masalalari muhokama etildi

2019-10-11 | Ekologiya

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi ekologiya masalalarni moliyalashtirish ijrochi Koordinatori Pradip Kurukulasuriya rahbarligidagi BMT Taraqqiyot dasturining Nyu-York va Istambul ofislari ekspertlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari S.Xodjayev xalqaro tashkilot delegatsiyasini vazirlikka tashrifi bilan qutlab, ularni O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuvda BMT shafeligida o‘tkaziladigan oliy darajadagi «Orolbo‘yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» xalqaro konferentsiyasiga tayyorgarlik ishlari va Orolbo‘yini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

BMT Taraqqiyot dasturi ekologiya masalalarni moliyalashtirish ijrochi Koordinatori Pradip Kurukulasuriya mazkur xalqaro konferentsiyaning ahamiyati haqida gapirib, u Orolbo‘yi mintaqasidagi mavjud muammolarni hal etish, hududda ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy etishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Поделиться