O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

2019-10-22 | Texnologiyalar

Suv xo‘jaligi vazirligida suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hamda quruvchi pudrat korxonalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 2019 yilda respublikamizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida erishilgan yutuq va duch kelingan muammolar muhokama qilindi.

Davra suhbati ishtirokchilari kelgusi yillarda mamlakatimizda tomchilatib sug‘orish joriy etiladigan maydonlar kengayishini  hisobga olgan holda, ushbu texnologiyani yetkazib berish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Shu maqsadda suv tejovchi texnologiyalarning butlovchi qismlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish, pudrat, servis xizmatlarini tizimli tashkil qilish hamda texnologiyani o‘z dalasida qo‘llaydigan fermerlarga uni ishlatish bo‘yicha o‘quv-ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazish, qo‘llanmalar tarqatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Поделиться