O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ekin navlari sinovi innovatsion usulda takomillashtiriladi

2019-10-15 | Innovatsiya

Joriy yilning 9-12-oktabr kunlari tashkil etilgan "Золотая осень – 2019" - 21-Rossiya agrosanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida Rossiya Federatsiyasining Selektsiya yutuqlarini sinash va himoya qilish bo‘yicha davlat komissiyasi Federal davlat byudjet muassasasi - "Gossortkomissiya"ning “Zamonaviy sharoitda ekinlar navlarini davlat sinovini takomillashtirish” mavzuidagi Muvofiqlashtirish kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi rahbari o‘rinbosari M.Murtalibov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlari, mevali va manzarali ko‘chatlarning navlari va duragaylari sinovini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, qishloq xo‘jaligi ekinlari sinovi sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Rossiya Federativ Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari D. Xatuov, O‘simliklarni yetishtirish, mexanizatsiyalash, kimyoviylashtirish va himoya qilish departamenti direktori R. Nekrasov ishtirok etgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovining resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilishini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan hamkorlikka oid masalalar muhokama etildi.

Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi va Rossiya Federatsiyasining Selektsiya yutuqlarini sinash va himoya qilish bo‘yicha davlat komissiyasi Federal davlat byudjet muassasasi-«Gossortkomissiya» o‘rtasida hamkorlikka oid shartnoma imzolandi.

Поделиться