O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar xokimi Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan “Aqlli shaharlar, aqlli manzillar” 8-global sammitida ishtirok etmoqda
2019-10-10 | Texnologiyalar
9-12-oktabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursultan shahrida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (YNVTO)ning shahar turizmi bo‘yicha “Aqlli shaharlar, aqlli manzillar” 8-global sammiti o‘tkazilmoqda. Mazkur sammitda Toshkent shahar xokimi boshchiligidagi poytaxt xokimligining delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Shahar turizmi bo‘yicha sammit “aqlli shahar” kontseptsiyasi hamda “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish masalasida dunyoda uchrayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Sammit doirasida mavzuga oid suhbatlar, shaharlarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turizm va boshqa mavzulardagi muhokamalarni hamda majlislarni o‘tkazish rejalashtirilgan.