O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TATUda “SMART CITY” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

2019-10-09 | Texnologiyalar

“O‘zbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan 2019-yil 7-11-oktabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU, TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TATUda “SMART CITY” mavzusida O‘zbekiston-Germaniya xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quv-trening kursi tashkilotchilari: Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU "Yosh olimlar kengashi", TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari.

O‘quv-trening kursi maqsadi:– universitet professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun “SMART CITY” dasturi bo‘yicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Konferensiya Germaniya va O‘zbekiston olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillarini “SMART CITY” kontekstida bilim va tajriba almashish uchun birlashtiradi. Shuningdek, ushbu konferensiya Germaniya universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda jamoat tashkilotlari bilan halqaro hamkorlik o‘rnatish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Поделиться