O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dushanbe shahridagi vazirliklararo maslahatlashuvlar
2019-10-18 | MDH
2019-yilning 17-18-oktabr kunlari Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlarning axborot sohasidagi hamkorligi mavzusida vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston matbuot xizmatlari rahbarlari va xodimlari hamda Hamdo‘stlik Ijroqo‘mi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari ko‘p tomonlama va ikki tomonlama shakllarda tashqi siyosatni yoritish hamda OAV bilan hamkorlik borasida tajriba almashdilar, jamoatchilik fikri va media-manbalar bilan ishlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Maslahatlashuvlar doirasida uning ishtirokchilariga 2019-yil 27-iyul kuni imzolangan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Prezidenti qarorining asosiy jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.