O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi oʼrtasida 2019-2022 yillarda fan, texnologiya va innovatsiya sohasida hamkorlik dasturi tasdiqlandi
2019-10-16 | Innovatsiya
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan iborat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi davomida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi oʼrtasida imzolangan memorandum doirasida tayyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar departamenti oʼrtasida “2019-2022 yillarda fan, texnologiya va innovatsiya sohasida hamkorlik dasturi” tasdiqlandi.
Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligida oʼtkazilgan uchrashuv davomida “Oʼzbekiston—Hindiston” ilmiy-texnik loyihalari tanlovini oʼtkazish shartlari va muddatlari, moliyalashtirish, ekspertiza qilish tartibi kelishib olindi.
Shuningdek, yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini yangi mexanizmlar asosida tashkil etish, olim va mutaxassislarning ilmiy maqolalarini nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etishga koʼmaklashish yuzasidan qoʼshimcha kelishuvlarga erishildi.
“Oʼzbekiston—Hindiston” ilmiy-texnik loyihalari tanlovini fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha joriy yilning 21 oktyabrь kunidan boshlab eʼlon qilinishi toʼgʼrisida toʼxtamga kelindi.
Shuningdek, yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini yangi mexanizmlar asosida tashkil etish yuzasidan tashkil choralar koʼrilmoqda.