O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston iqtisodiyotining kompleks diagnostik tadqiqoti doirasida onlayn-konsultatsiyalar

2021-04-29 | Iqtisodiyot

Sizning fikringiz biz uchun muhim! Joriy yilning 26-aprelidan 10-maygacha Jahon banki jamoatchilik, jumladan fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari, ilmiy doiralar, mahallalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan onlayn konsultatsiyalar o'tkazmoqda. Undan maqsad 2022-2026-yillarda O'zbekiston bilan kambag'allikni yengishga va jamiyatning iqtisodiy farovonligini oshirishga yordam beradigan istqibolli hamkorlik yo'nalishlarini aniqlashdir.

 

Konsultatsiya jarayoni haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qing http://wrld.bg/4ZRR30rFN9P

Biz mamlakat iqtisodiyotining kompleks diagnostik tadqiqoti doirasida dastlabki tahlil asosida hamkorlikning ehtimoliy yo'nalishlarini aniqladik. Hujjatni havola orqali ko'rish mumkinhttps://bit.ly/3sUk74i

Konsultatsiya jarayoni va dastlabki xulosalarni o'rganib chiqqandan so'ng, iltimos, onlayn anketani to'ldirish uchun bir necha daqiqangizni sarflang https://bit.ly/3dUGfqY

Shuningdek, elektron pochta orqali konsultatsiya doirasidagi savollar bilan bog'liq fikr-mulohazalaringizni va takliflaringizni bizga yuborishingiz mumkin tashkent@worldbank.org

Jarayondagi faol ishtirokingiz Jahon bankining O'zbekiston bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari dolzarb, o'z vaqtida hamda mamlakat va uning fuqarolari manfaatlari yo'lida aniq natijalarga yo'naltirilganligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться