O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyati tadbirkorlarining masalalari hal etilmoqda

2021-04-27 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-aprel kuni Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tadbirkorlar va eksportchilar bilan ishlash va ularning muammoli masalalarini hal etish uchun Jizzax viloyatiga yo‘l oldi.

Komissiya o‘z faoliyatini korxonalarga tashrif buyurib, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lish hamda ishlab chiqarish obektlarining bugungi holatini o‘rganish orqali olib bordi. Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini ko‘paytirish va yangi yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish hisobiga korxonalarni kengaytirish istiqbollari joylarning o‘zida muhokama qilindi.
 
Viloyatga tashrif davomida tadbirkorlar va eksportchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uning maqsadi masul tuzilmalarni jalb qilgan holda ishbilarmonlar muammolarini har tomonlama tahlil qilish va ustida ishlash orqali ularni muhokama qilish va hal etishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda o‘z masalalarni ko‘tarib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan 250 nafardan ziyod tadbirkorlar qatnashdi. Masalalarning har biri komissiya azolari tomonidan atroflicha o‘rganildi.
 
Muloqot davomida tadbirkorlardan jami 214ta muammoli masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Shundan 84ta masala kredit resurslarini ajratish, 27ta masala muhandislik kommunikasiyalariga ulanish, 20ta masala yer uchastkalarini ajratish, 13ta masala soliqqa tortish, 11ta masala sertifikat va ruxsatnomalar olish hamda boshqa yo‘nalishlar bilan bog‘liqdir.
 
Har bir ko‘tarilgan muammo tahlil qilinib, uning amaliy yechimining algoritmi ishlab chiqilganidan so‘ng Komissiya rahbariyati tomonidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlariga aniq ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, masul rahbarlarga sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish va har bir tuman kesimida ustuvor tarmoqlarda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash maqsadida tadbirkorlar bilan ishlashni faollashtirish topshirildi. Shu nuqtai nazardan, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik sanoat zonalarini rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilarni KSZ hududlarida loyihalarni amalga oshirishga faol jalb etish orqali ularning salohiyatidan foydalanish samaradorligini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investisiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda ko‘tarilgan muammolarning sifatli va o‘z vaqtida hal etilishini nazorat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться