O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi

2021-04-29 | Siyosat

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori imzolandi

O‘zbekiston Prezidentining 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» mavzusida xalqaro anjumanni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi siyosatshunos, tarixchi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohasi vakillarining diqqat markazida turibdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tarixiy tashabbusi ilk bor BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Hukumat qarorida ushbu tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Hujjatga binoan, «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro anjumani 2021-yil sentyabr oyida o‘tkaziladi.

Qarorga ko‘ra, Xiva shahrida forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida madaniy meros masalalari bo‘yicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qo‘mitasining I yig‘ilishi, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo turizm forumi  tashkil etiladi.

Bundan tashqari anjumanning muhim tadbirlaridan biri poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyatining V Xalqaro kongressi uyushtiriladi.

Hukumat qororida, shuningdek, «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi   va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora- tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Tashkiliy qo‘mita 2021-yil 1-iyunga qadar xalqaro anjuman konsepsiyasi, aniq sanasi va vaqtlarini ko‘rsatgan holda forum dasturi, ochiq tanlov o‘tkazish orqali forum logotipi, maxsus esdalik sovg‘a namunasi va xeshtegini  ishlab chiqadi. Bundan tashqari YUNESKOning 6 ta rasmiy tilida interaktiv usuldagi forum sayti  yaratiladi. 

Anjuman doirasida jahonning nufuzli olimlaridan iborat tarkibda xalqaro tahrir hayʼatini tashkil etgan holda eng yaxshi maqolalar xalqaro tanlovi o‘tkaziladi va eng sara maqolalar maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi.

O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligining tadbirga bag‘ishlangan videorolik hamda “Lazgi” nomli hujjatli filmni tasvirga olish to‘g‘risidagi takliflari maʼqullandi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться