O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashning istiqbollarini muhokama qildi

12.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kecha  Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida O‘zbekiston senatorlarining Fransiya Senati huzuridagi «Fransiya-Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi raisi Erve Morey boshchiligida ushbu guruh aʼzolari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

12.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirmoqda.

Investitsiyalarni jalb etish, sanoatni rivojlantirish va eksportni oshirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi

11.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariyati ishtirokida videokonferensiya shaklida investitsiyalarni jalb etish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va eksport hajmini oshirishni yanada rag‘batlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

ITSV: Toshkentda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

11.05.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Fransiya tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik masalalari bo‘yicha vaziri Frank Riyester raisligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yurtimizga Fransiya delegatsiyasi tashrif buyurdi

10.05.2021SiyosatManba: O'zA

Fransiya tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik bo‘yicha vazir-delegati Frank Riyester boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi Samarqanddan boshlandi.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish vazifalari muhokama qilindi

10.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligi rahbariyati ishtirok etdi.

“Tadbirkorlar istaklarining amaliy ro‘yobi. Iqtisodiy zonalar infratuzilmasi qanday yaxshilanadi?”

10.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida investitsiya va tashqi savdo faoliyatining dastlabki natijalari ko‘rib chiqildi

08.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida videokonferensiya shaklida investitsiya va tashqi savdo faoliyati sohalarida ustuvor vazifalarni amalga oshirishning bugungi holati va birinchi darajali chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Fransiyalik hamkorlar bilan yangi o‘zaro manfaatli kelishuvlarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda

08.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida fransiyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarining hozirgi holati, shuningdek, Fransiya hukumati va ishbilarmon doiralari ishtirokidagi kelgusi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Irlandiya TIV davlat vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

07.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Irlandiya Tashqi ishlar vazirligi davlat vaziri Tomas Birn bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazdi

Istiqbolli hamkorlik

07.05.2021IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bank va moliya sohasidagi yuqori malakali mutaxassis va rahbar xodimlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Savdo-sanoat palatasi ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

06.05.2021IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari ayni kunlarda Respublikamizning barcha viloyatlarida talbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirkolikka o‘qitish jarayonlari, sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirkorlarning mavjud mauammolarini o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Savdo hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

06.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Makka shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Saudiya Arabistoni Podshohligi tijorat vaziri Majid bin Abdulloh al-Qassabiy bilan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘zaro savdo doirasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini va savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Madina shahri bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

06.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib turishi doirasida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Madina shahriga tashrif buyurdi.

Islom taraqqiyot banki Guruhi Prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

05.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki Guruhi (ITB) Prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

O‘zbekiston va Yaponiya energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

05.05.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida «Kawasaki Heavy Industries Ltd»  korporatsiyasi bosh menejeri Keyichi Onuki, uning o‘rinbosari Masaside Yosinari, shuningdek, “Marubeni”  korporatsiyasining bosh menejeri va bosh menejer yordamchisi Satoshi Fudji va Yutaka Makino bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ziyorat sayyohligi yo‘nalishida O‘zbekiston-Malayziya hamkorligini faollashtirish masalalari muhokama qilindi

05.05.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kecha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov mamlakatimizning ziyorat turizmi elchisi, Perlis shtati muftiysi Mohd Asri Bin Zaynul Obidin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston bo‘ylab ziyorat sayyohligini targ‘ib etish borasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar qabul qilindi

05.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ar-Riyodda Saudiyalik ishbilarmonlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-may kuni Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih hamda O‘zbekiston tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni: aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon al-Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi.