O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston va Shri-Lanka sayyohlik sohasidagi hamkorlik mustahkamlamoqda
2021-04-23 | Iqtisodiyot
2021-yilning 21-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi binosida Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi M. D. Lamavansa bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O'zbekistonning xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi va Shri-Lanka yo'nalishida faoliyat yuritadigan yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari turizmning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar, O'zbekiston va Shri-Lankaning turistik salohiyati, jozibali yo'nalishlari va sayyohlik mahsulotlari bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat uchun sayyohlik sohasidagi ikki tomonlama qonunchilik bazasini mustahkamlash, O'zbekiston xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi va Shri-Lankaning turizmni rivojlantirish byurosi a'zolari o'rtasida ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, veb-seminarlar va biznesni tashkil etish to'g'risidagi kelishuvga erishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi