O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari MOMIHI instituti direktori bilan Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
2021-04-28 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev 26-aprel kuni Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIHI) direktori Said Shakil Shoh bilan onlayn shaklda muzokaralar o‘tkazdi
Tomonlar Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik masalalari, COVID-19 pandemiyasining mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport-kommunikatsiya aloqalarini chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
MOMIHI instituti rahbari 2021-yil iyul oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi
yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida MOMIHI instituti va Markaziy Osiyo xalqaro instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, transport-kommunikatsiya sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi
Manba: “Dunyo” axborot agentligi