O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev avgust oyi boshida tadbirkorlar bilan muloqot qiladi

26.07.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda davlatimiz rahbarining joriy haftadagi ish jadvali haqida ham ma’lumot berdi.

Vazirlik jamoasiga “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi haqida ma’lumotlar berildi

26.07.2021MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, tashkilot, korxona va muassasalari rahbar-xodimlari uchun har hafta juma kuni soat 11:00da tashkil etiladigan huquqiy-maʼrfiy o‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

“IT Park Rewind 2021” onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

26.07.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) majmua shou-rumida  IT Park faoliyatining ikki yillik  natijalari va kelgusidagi rejalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan “IT Park Rewind 2021” onlayn konferensiyasi  bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi

26.07.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi va tanlov natijasiga muvofiq TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Jizzax viloyatidan 2 nafar  o‘qituvchilar taqdirlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqariladi

26.07.2021Sog‘liqni saqlashManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokara o‘tkazish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligida uchrashuv tashkil etildi.

Hikmatilloh To‘rayev ham g‘alabali ishtirokini boshladi

26.07.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Dzyudochilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabali yurishi boshlandi. Bugun -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hikmatilloh To‘rayev ilk bosqichda muvaffaqiyat qozondi.

Surxondaryo viloyatida quvvati 1500-1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi bunyod etiladi

26.07.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Prezidenti «Surxondaryo viloyatida quvvati 1500-1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

G‘alaba muborak! Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni!

26.07.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobiga ilk medalni taqdim qilgan taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov biroz avval final jangini o‘tkazdi. Vakilimiz unda amaldagi jahon chempioni britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi.

Jizzaxda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

26.07.2021JamiyatManba: Jizzах vilоyati hоkimligi

Saferworld fondi - bu Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi 20 dan ortiq mamlakat va hududlarda nizolarning oldini olish va tinchlikni mustahkamlash dasturlarini amalga oshiruvchi xalqaro nodavlat tashkilotdir. U 1989-yilda Buyuk Britaniyaning Bristol shahrida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining www.tarjimonmfa.uz manzilidagi rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

26.07.2021JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Mazkur sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritmoqda. Unda Byuro, uning tuzilmasi, rahbariyati, xizmatlar, mavjud ish o‘rinlar va tashkilot xodimlari haqida dolzarb ma’lumotlar joy olgan. Sayt orqali dunyoning 15 dan ziyod tillarda tarjima xizmatlari bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

Minnatdorlik

26.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin yurakdan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo‘llagan chet el davlat va hukumat, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblariga, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorligimni izhor etaman.

Iqlim siyosati parlamentlararo muloqot maydonida

24.07.2021JamiyatManba: O'zA

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida joriy yilning 26-27-iyul kunlari iqlim o‘zgarishlari masalalari bo‘yicha to‘rtinchi Markaziy Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mintaqaviy muloqotni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish borasidagi bilim va ma’lumotlarni tarqatish, tajriba almashish, barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikdagi harakatlar imkoniyatini aniqlash maqsadida tashkil etilayotgan xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari parlamenti vakillarining o‘zaro muloqoti ham nazarda tutilgan. 

Tashqi ishlar vazirligi muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Ohangaron shahridagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi

24.07.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida «mahallabay» ishlash tizimi doirasida navbatdagi insonparvarlik aksiyasini o‘tkazdi.

Yangi uzum navlarini yaratishga 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

24.07.2021JamiyatManba: O'zA

Mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan navlarni ko‘paytirish, samaradorlikni va eng muhimi, eksport salohiyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.

Qo‘shni Xatlon va Surxondaryo viloyati o‘rtasida do‘stlik aloqalari yuksaladi

24.07.2021SiyosatManba: O'zA

Avval xabar berganimizdek, qo‘shni Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryoda bo‘lib, ikki kun davomida hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdi.

Farg‘onada xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarga mutasaddilar befarq bo‘lmoqda

24.07.2021JamiyatManba: O'zA

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha shahar, tuman sudlari tomonidan 623 nafar ayollarga nisbatan 561 ta jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lib, 298 ta jinoyat ishi bo‘yicha 350 nafar ayollarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan. Bu haqida Farg‘ona viloyati sudi raisi Shuhratjon Kamolov xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidagi axborotida ma’lum qildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.07.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Vazirlikning markaziy apparati, tizimdagi korxona va tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Xalqaro anjuman yosh sharqshunoslarga taqdim etgan imkoniyatlar

24.07.2021JamiyatManba: O'zA

2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda xorijiy mehmonlarga volontyor-tarjimon sifatida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ham faol xizmat ko‘rsatdi.

Samarqandda maktab direktorlari ochiq tanlov orqali saralanmoqda

23.07.2021SiyosatManba: O'zA

Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 30-iyundagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari lavozimiga nomzodlarni dastlabki tarzda saralab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatidagi vakant maktab direktorligi lavozimlariga vacancy.argos.uz sayti orqali ochiq tanlov o‘tkazilib, nomzodlar saralanmoqda.

Yangi temir yo‘l 31 milliard so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi

23.07.2021JamiyatManba: O'zA

So‘nggi yillarda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati miqyosida yirik investitsiya, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiyalash loyihalari amalga oshirilmoqda.