O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda maktab direktorlari ochiq tanlov orqali saralanmoqda

2021-07-23 | Siyosat

Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 30-iyundagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari lavozimiga nomzodlarni dastlabki tarzda saralab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatidagi vakant maktab direktorligi lavozimlariga vacancy.argos.uz sayti orqali ochiq tanlov o‘tkazilib, nomzodlar saralanmoqda.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, sinov tarzida Qo‘shrabot tumanidagi 45-, Narpay tumanidagi 21-, Toyloq tumanidagi 32- va Urgut tumanidagi 43-, 99-maktablardagi vakant direktorlik lavozimlariga sayt orqali tanlov e’lon qilindi. 

Natijada ushbu maktablar direktorligiga 44 nafar talabgor chiqdi. Ular malaka talablari asosida dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan 22 nafari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, vacancy.argos.uz sayti orqali test jarayonlariga jalb qilindi.

Saralashning mazkur bosqichidan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlar ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlariga tavsiya etiladi.

Manba: O'zA

Поделиться