O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari tadbirkorlarining masalalari muhokama qilindi 11.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiO‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Farg‘ona shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat tadbirkorlari va investorlari bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hudud ishbilarmonlari tomonidan tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish bo‘yicha Shtabga yuborilgan masala va takliflarni muhokama qildi. Muhokamada videokonferensiya orqali Andijon va Namangan viloyatlarining biznes vakillari ham ishtirok etdi. |
Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holati sinovdan o‘tkazildi 11.08.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiMarkaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilar bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni munosabti bilan “Sazagan” dala-o‘quv maydonidagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlik yo‘lagida mashg‘ulotlari o‘tkazildi. |
FAO va ShHT oziq-ovqat tizimlarini qayta tashkillashtirish masalalarini muhokama qilishdi 11.08.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiFAO va ShHTning mustaqil muloqoti onlayn formatda bo‘lib o‘tdi, u joriy yilning kuzida BMT Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha BTM Sammitiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rimda o‘tkazilgan BMTning Oziq-ovqat tizimlari pre-sammitida ishtirok etgan edi. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida xodimlarni emlash tadbirlari o‘tkazildi 11.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiInvestitsiyalar va tashqi savdo vazirligida idora rahbariyati va xodimlarini emlash tadbirlari boshlandi. Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov vaksinaning birinchi komponentini qabul qilib, aholini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish zarurligi haqida fikr bildirdi hamda boshqa rahbar va xodimlarni O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalarning o‘zilariga ma'qul turidan foydalanib, iloji boricha tezroq emlanishga chaqirdi. |
11.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbaeva rahbarligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. |
Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizning Prezident saylovidagi ishtiroki ta’minlanadi 11.08.2021SaylovManba: “Dunyo” axborot agentligiMamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tuzilayotgan saylov uchastkalari va unda ovoz berish tartiblarini tushuntirish maqsadida ushbu shahardagi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi «Sungwoo Hitech Rus» shirkatida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz va korxona rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi |
11.08.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Yangi 2021-2022 oʻquv yili yaqinlashgani sari ota-onalardan uning qanday shaklda boʻlishi borasida koʻplab savollar kelib tushmoqda. |
O‘zbekiston Jahon xayriya indeksida 53-o‘rindan 29-o‘ringa ko‘tarildi 11.08.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligiXalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi |
Adliya vazirligi sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat oldi 11.08.2021JamiyatBugungi kunda xalqaro miqyosida ish faoliyat samaradorligini va sifatini oshirishga qaratilgan eng mashhur standartlardan biri “ISO 9001 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti hisoblanadi.
|
Prezident tomonidan “Transport toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi 11.08.2021Hujjatlar“Transport toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–706-son, 09.08.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, avtomobil, havo, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi obyektlari Oʻzbekistonning yagona transport tizimini tashkil etadi. |
11.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Fuqarolik kodeksiga asosan Yuridik shaxs – o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotdir (FK 39-modda). |
Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi 11.08.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytiPrezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. |
Hamkorlik memorandumi imzolandi 10.08.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiTermizdagi harbiy qismlarning birida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashining Termiz tumani bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. |
10.08.2021JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi IIV Akademiyasi kunduzgi ta'limining birinchi bosqichida ta'lim olayotgan kursant qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi. |
Konkurchilarimiz Millatlar ligasining final bosqichiga yoʻl olishdi 10.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiMoskva shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining 4-bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan jamoamiz gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. |
Hamkorlik o‘z samarasini bermoqda 10.08.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligiO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan o‘zaro hamkorlikda navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etildi. |
Yangi O‘zbekistonning yangi qahramonlari 10.08.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligiMa'lumki, 23-iyul sanasidan e'tiboran butun dunyo nigohi Tokio shahriga qaratildi. Xususan, biz ham Tokio — 2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimizning barcha bahslarini hayajon bilan kuzatdik. Ta'kidlash joizki, yurtimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘lagan har bir sportchimiz bellashuvlar davomida kuchli matonat va shijoat egasi ekanliklarini yaqqol namoyish etishdi. |
10.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Hozirgi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati mavjud. |
Toshkentdagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi 10.08.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiToshkent shahridagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi. Akademiyaning asosiy maqsadi - oliy o'quv yurtlari o'qituvchi va talabalarini “Security”, “Datacom / Routing & Switching”, “Storage”, “Artificial Intelligence” kabi zamonaviy yo'nalishlarda o'qitish va sertifikatlashdir. |