O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-07-24 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Vazirlikning markaziy apparati, tizimdagi korxona va tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Hay’at yig‘ilishini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Hay’at raisi Sh.Sodiqov olib bordi.

Hay’at majlisida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar-xodimlarining kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Majlisda sohada IT-kadrlarni tayorlash, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibidagi O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, universitetida masofaviy ta’lim tizimini joriy etish, ushbu yo‘nalishda kelgusidagi istiqbollar rejalar muhokama etildi.

Shuningdek, universitetning  yangi o‘quv binolari va boshqa ob’ektlarini foydalanishga  topshirish  hududlarda 11 ta ixtisoslashtirilgan IT texnikumlarni hamda joriy yil oxirigacha 85 ta IT-maktablarni mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘tgan davr mobaynida yutuqlar bilan Universitet tomonidan bir qator kamchiliklarga  ham yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tildi, ularni bartaraf etish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi belgilandi.

Hay’at majlisida ko‘rilgan masala yuzasidan vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim rahbarlari hamda universitet professor-o‘qituvchilarining ushbu masalalar to‘g‘risidagi fikrlari tinglandi.

Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarga  sifatli bilim berish  tizimini takomillashtirish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni  amalga oshirish belgilab olindi.

Kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha  tegishli qarori qabul qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться