O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining www.tarjimonmfa.uz manzilidagi rasmiy veb-sayti ishga tushirildi
2021-07-26 | Jamiyat
Mazkur sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritmoqda. Unda Byuro, uning tuzilmasi, rahbariyati, xizmatlar, mavjud ish o‘rinlar va tashkilot xodimlari haqida dolzarb ma’lumotlar joy olgan. Sayt orqali dunyoning 15 dan ziyod tillarda tarjima xizmatlari bo‘yicha murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tarjimonlar byurosi 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tuzilmaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi – Tashqi ishlar vazirligi tizimida va boshqa tegishli muassasalar bilan birgalikda og‘zaki va yozma tarjimalar sohasida yagona tizimlashtirilgan faoliyatni olib borishdir.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi