O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligi muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Ohangaron shahridagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi

2021-07-24 | Jamiyat

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida «mahallabay» ishlash tizimi doirasida navbatdagi insonparvarlik aksiyasini o‘tkazdi.

Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti ma’lum qilishicha, mazkur xayriya tadbiridan maqsad shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Aksiya dovamida muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimizning Singapurdagi elchixonasi va mazkur davlatning «Pegas Investment Holdings» kompaniyasi homiyligida 40 boshga yaqin mayda shoxli hayvon (qo‘y) go‘shti, Latviyadagi elchixonamiz ko‘magida 3 ming dona tibbiy niqob va Turkmanistondagi elchixonadan taqdim etilgan tikuv mashinalari «Temir daftar», «Ayollar daftari»ga kiritilgan, yordamga muhtoj 250 dan ziyod oilaga tarqatildi.  

Bundan tashqari, Ohangaron shahrining «Adolat» va «Do‘stlik» mahallalaridagi imkoniyati cheklangan va qaramog‘ida nogironi bo‘lgan oilalarga nogironlik aravachasi, shuningdek, zarur dori-darmonlar taqdim etildi. Ta’kidlash kerak, yil boshidan buyon Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Germaniya, Italiya, Latviya, Ozarbayjon, Singapur, Eron, Turkiya, Turkmaniston, Hindiston va Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari ishtirokida Ohangaron shahridagi 7-imkoniyati cheklangan bolalar maktabi va boshqa ta’lim muassasalariga, shuningdek, «Iloq», «No‘g‘oyqo‘rg‘on», «Bo‘ston», «Yangiobod», «Umid» va «Yangilik» mahallalariga, «Nuroniy» jamg‘armasining shahar bo‘limiga 5 mebellar to‘plami, 10 juft o‘quv partalari, 24 ta komyuter, 10 ta noutbuk, 6 ta proyektor, printer va elektron doskalar, 19 ta nogironlar aravachasi, 9 ta tikuv mashinasi, koronavirusni aniqlash bo‘yicha 1000 dona tezkor test va 6 ming dona tibbiy niqob yetkazib berildi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohangaron shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться