O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi

2021-07-26 | Jamiyat

“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi va tanlov natijasiga muvofiq TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Jizzax viloyatidan 2 nafar  o‘qituvchilar taqdirlandi.

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash “IT Park Jizzax filiali”da o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i G.Qurbonov, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i D.Sadriddinova, “IT-PARK” ning Jizzax filiali direktori N.Muxitdinova ishtirok etdi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ushbu “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari  topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться