O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirlik jamoasiga “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi haqida ma’lumotlar berildi
2021-07-26 | Madaniyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, tashkilot, korxona va muassasalari rahbar-xodimlari uchun har hafta juma kuni soat 11:00da tashkil etiladigan huquqiy-maʼrfiy o‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi N.Abdullayev hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari maslahatchisi M.Ulug‘ovalar tomonidan tanlov, uni tashkil qilish jarayonlari, ishtirok etish shartlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Jumladan mazkur tanlov quyidagi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:
Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari:
• Birinchi bosqich (1 iyulga qadar)da vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘z tashabbusiga ko‘ra tanlovda ishtirok etish yuzasidan ariza bilan murojaat qiladi.
• Ikkinchi bosqich (iyul-sentyabr oylari)da tanlovda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi.
• Uchinchi bosqich (senyabr oyi)da tanlov g‘oliblari aniqlanadi.
• Tanlov g‘oliblari 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.
Ishtirokchilar o‘quv mashg‘uloti davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi