Saferworld fondi - bu Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi 20 dan ortiq mamlakat va hududlarda nizolarning oldini olish va tinchlikni mustahkamlash dasturlarini amalga oshiruvchi xalqaro nodavlat tashkilotdir. U 1989-yilda Buyuk Britaniyaning Bristol shahrida tashkil etilgan.
Saferworld ishlarining ko‘p qismi tadqiqotlarni olib borishni va ziddiyatlar bo‘yicha aniq tahlillarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Fond jamoatchilikka asoslangan ko‘plab muammolarni chuqur tahlil qilish va obektiv tekshirish orqali hal qiladi. Shuningdek, mojarolar ayollarga, bolalarga va boshqa aholi qatlamiga qanday ta'sir qilishini o‘rganadi.
Yaqinda SAFERWORLD fondi (USIP moliyaviy ko‘magi asosida) va Jizzax viloyat “ISTIQLOL AVLODI” ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy qo‘llab - quvvatlash markazi bilan hamkorlikda, «Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish orqali fuqarolik jamiyati tarmog‘ida jamoat xavfsizligi konsepsiyasi va harakatlar rejasi tuzish» mavzusida bilim berish va ishtirokchilarni ko‘nikmalarini shakllantirish borasida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan NNT vakillari uchun seminar trening tashkil etdi.
Manba: Jizzах vilоyati hоkimligi