O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqlim siyosati parlamentlararo muloqot maydonida

2021-07-24 | Jamiyat

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida joriy yilning 26-27-iyul kunlari iqlim o‘zgarishlari masalalari bo‘yicha to‘rtinchi Markaziy Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mintaqaviy muloqotni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish borasidagi bilim va ma’lumotlarni tarqatish, tajriba almashish, barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikdagi harakatlar imkoniyatini aniqlash maqsadida tashkil etilayotgan xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari parlamenti vakillarining o‘zaro muloqoti ham nazarda tutilgan. 

Uchrashuvlarda milliy va mintaqa darajasidagi iqlim o‘zgarishlari muammolarini hal etish hamda bu borada milliy qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.  

Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim bo‘lgan mazkur tadbirda O‘zbekiston parlamenti vakillarining ham ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro miqyosda olib borilgan konstruktiv sa’y-harakatlar natijasida davlat rahbarining xalqaro anjumanlarda ilgari surgan tashabbuslari bilan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trast fondi tashkil etildi, Orolbo‘yi mintaqasi ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilindi.  

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” ikkinchi xalqaro sammitida “yashil” va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan samarali qarorlar qabul qilish uchun butun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini alohida ta’kidlagan edi. Unda O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2030-yilga qadar parnik gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga sodiq ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan “yashil” texnologiyalarni keng joriy qilish va “yashil” energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish O‘zbekistonda yaqin o‘n yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyodga ko‘paytirish imkonini berishi qayd etildi.  

Kelgusi yili O‘zbekistonda “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yashil energetika” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish, shuningdek, “yashil” iste’mol madaniyatini shakllantirish maqsadida “yashil" iqtisodiyotni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbuslari ilgari surildi. “Yashil” iste’mol madaniyat avvalombor, ekologik mas’uliyatni his etgan holda yurish-turish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadlarida ishlab chiqarish va iste’mol madaniyatini rivojlantirishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Ushbu hislatlarni esa insonning yoshligidayoq ongiga singdirish o‘z samarasini beradi. Shu sababli ham davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “yashil iqtisodiyot”ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbuslari jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishga imkon beradi.  

Shuningdek, yaqinda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ham davlatimiz rahbarining mintaqadagi tahdidlar va imkoniyatlar, barqaror rivojlanish bo‘yicha 10 ta asosiy tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbuslar ichida iqlim o‘zgarishiga moslashish, mintaqada “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, kelgusida Orol dengizi qurishi kabi muammolarga yo‘q qo‘ymaslik hamda o‘zaro va BMT bilan hamkorlikda hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga doir masalalarga alohida e’tibor qaratildi.  

Xulosa o‘rnida aytish joizki, xalqaro anjumanda ishtirok etadigan davlat organlari va parlament vakillari tomonidan, albatta, Prezidentimiz tomonidan xalqaro maydonda ilgari surilgan va ma’qullangan ilg‘or tashabbuslar milliy iqlimiy siyosatimizning asosiy zamini ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.  

Manba: O'zA

Поделиться