O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi uzum navlarini yaratishga 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

2021-07-24 | Jamiyat

Mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan navlarni ko‘paytirish, samaradorlikni va eng muhimi, eksport salohiyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.

Buning uchun, albatta, dunyo bozori talablariga javob bera oladigan uzum ko‘chatlarini yetishtirish lozim. Afsuski, shu kunga qadar barpo qilinayotgan uzumzorlar uchun asosan mahalliy sharoitlarda yetishtirilayotgan tok ko‘chatlaridan foydalanib kelinmoqda. Dunyoga mashhur bo‘lgan uzum navlari ko‘chatlarini kasalliklar tarqalish xavfi mavjudligi sababli ham mamlakat hududiga olib kirish imkoniyati yo‘qligi respublikamizda uzumchilik sohasini jadal rivojlanishiga imkoniyat bermayapti.

Shulardan biri tok fillokserasi zararkunandasi bo‘lib, uning zararli oqibatlari dastlabki yillarda sezilmasa-da, keyinchalik yuzaga chiqadi. Bu o‘ta xavfli karantin zararkunandasi hisoblanib, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Amerika hududlaridan kirib kelgan filloksera kasalligi Yevropa davlatlarida tarqalishi natijasida birgina 1860-1890-yillarda 60 ming gektar atrofida uzum maydonlarining nobud bo‘lishiga olib kelgan.  

Shu sababli ham Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan uzumchilik sohasining kelajagini mustahkamlash, barqaror rivojlantirish maqsadida bir qator zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Yuqoridagi kabi muammolarning yechimini topish maqsadida ilk qadamlar qo‘yildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibiga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021-yilning aprel oyida Prezidentimiz ko‘rsatmasiga asosan Agentlik jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz mablag‘ Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga o‘tkazib berildi. Hozirda markaz tomonidan virussiz, yuqori hosilli, yirik mevali, urug‘siz, sovuqqa chidamli uzum navlarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.  

“In-vitro” laboratoriyasida mashhur “Vinus” (Vinus), “Vanessa” (Vanessa), “Lekmond” (Lakemont), “Suvenir” (Souvenir), “Ximrod” (Khimrod), “Romulus” (Romulus) kabi xo‘raki uzum navlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada 2021-yil kuz mavsumida hamda 2022-yilning bahorida 1 million donadan ko‘chat yetkazib beriladi.  

bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Samarqand viloyatining Jomboy, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanlarida maydoni 50 gektardan kam bo‘lmagan zamonaviy pitomniklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Birgina Samarqand viloyatining “Oxalik oltin bogi mevasi” MCHJning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan “In-vitro” laboratoriyasida Italiyaning “Raussedo” kompaniyasidan keltirilib ekilgan 13 xil turdagi sanoatbop uzum navidan 2 million dona ko‘chat tayyorlanmoqda.  

Sohada amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar tez orada uzumchilik yo‘nalishining yanada ravnaq topishi, xalqimiz dasturxonining bundan-da to‘kin bo‘lishi, eng muhimi, dunyo bozorida yurtimiz uzumlarining muqim o‘rin egallashiga imkon beradi.  

Manba: O'zA

Поделиться