O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taraqqiyot yo‘lidagi takliflar qo‘llab-quvvatlanmoqda

2017-10-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini o‘rganish, bu boradagi targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida «Tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda taniqli fan va san’at arboblari, yetakchi teatr aktyorlari, turli tashkilotlar kasaba uyushmalari faollari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar e’tiboriga Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi takroran namoyish etildi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev va boshqalar Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi nutqi chinakam tarixiy voqea bo‘lganini qayd etib, yurtdoshlarimiz bu jarayonni yuksak faxr-iftixor tuyg‘usi bilan kuzatgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xalqchil islohotlarga daxldorlik hissi yanada ortganini alohida ta’kidladi. 

Davra suhbatida davlatimiz rahbarining BMTning yuksak minbaridan katta shijoat bilan bildirgan fikr-mulohazalari, asrimizning eng dolzarb masalalarini hal etish bo‘yicha ilgari surgan taklif va tashabbuslari xalqaro miqyosda katta qiziqish bilan kutib olingani qayd etildi. Xususan, nutqda yoshlar masalasi yuzasidan bildirilgan mulohazalar, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ishlab chiqish taklifi xalqaro jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib turibdi. 

Davlatimiz rahbarining mintaqada tinchlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, ekologik muammolarni hal etish, islom dinining asl mohiyatini targ‘ib qilish, ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish kabi g‘oyat dolzarb fikr-mulohazalari, shubhasiz, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada oshirdi. 

Tadbirda kasaba uyushmalari faollari Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyatini korxona, tashkilotlardagi mehnat jamoalarida yanada faol targ‘ib qilish bo‘yicha kelishib oldi.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться