O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi

2017-10-04 | Jamiyat

Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, unga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonda shu maqsadga qaratilgan qonunchilik har tomonlama mukammallashtirilmoqda.

Poytaxtimizda “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida" mavzuida tashkil etilgan davra suhbatida shu haqda so‘z yuritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi va Adliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda senatorlar, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza kiluvchi idoralar mutaxassislari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. 

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B.Matmurodov, adliya vazirining birinchi o‘rinbosari N.Jo‘rayev va boshqalar jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. 

Bunda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun hamda Prezidentimizning "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori muhim o‘rin tutmoqda. 

Davra suhbatida korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun qabul qilinayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlarining sifatini oshirish zarurligiga e’tibor qaratildi. Buni amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Vazirlik va idoralarning norma ijodkorligi borasidagi mas’uliyatini oshirish, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyagen normalardan holi bo‘lishini ta’minlash zarur. Bu borada Adliya vazirligi, vazirlik tizimiga kiruvchi idora va muassasalarning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq. 

Vazirlik va idoralar tizimida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. 

Huquqshunos kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi fanlarni joriy etish lozim ekanligi haqida taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Ishtirokchilar fikricha, oliy o‘quv yurtlarini bitirib, vazirlik va idoralarning yuridik xizmatlariga yangidan ishga kelgan mutaxassislar bu borada yetarli tushuncha va ko‘nikmalarga ega emas. Qolaversa, vazirlik va idoralar yuridik xizmatlarining aksariyat xodimlari ham normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida amaliy tajriba va bilimlarga ega emasligi jiddiy muammolardan biridir. 

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligiga Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash milliy standartlariga, huquqshunos kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash talablariga o‘zgartirishlar kiritish tavsiya etildi. 

Shu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda davlat va xususiy sheriklikni ko‘chaytirish, bu jarayonda jamoat tashkilotlarining rolini oshirish, ularning bu faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek, qonunlarni qabul qilishda fuqarolarning faolligini oshirish choralarini ko‘rish zarurligi qayd etildi.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться