O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari o‘quv mashqi: eng maqbul harakat usullari rejalashtirildi
2017-10-06 | Jamiyat
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari davom etmoqda.
Ikki davlat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari komandirlari ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ado etish uchun belgilangan hududni o‘rganish, eng maqbul taktik harakat usullarini rejalashtirish, qaror qabul qilish, qurol-yarog‘ va harbiy texnika vositalarini tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston tomonidan mayor Muhammad Xoldorov, Rossiya tomonidan kapitan Nurali Shaxmanov komandirligida noqonuniy qurollangan kuchlar joylashgan hududda razvedka ishlarini olib borish, ularning moddiy ta’minot, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalariga shikast yetkazish va yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish hamda shartli buzg‘unchi kuchlarni batamom yakson qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.