O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Partiya loyihalari muhokama qilindi

2017-10-06 | Jamiyat

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida har bir partiya o‘z dasturidagi vazifalardan kelib chiqib, tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan vazirlik va qo‘mitalar faoliyati ustidan o‘z fraksiyasi, partiya guruhlari orqali parlament hamda deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yishi lozimligini ta’kidlagan edi. 

O‘tgan davr mobaynida O'zLiDeP hamda tegishli vazirliklarning ichki guruhi tomonidan ushbu vazifalarni markazda va joylarda samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. 

O'zLiDePning parlamentdagi fraksiyasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlari tomonidan 2017 yilning oxirgi choragi hamda 2018 yilning birinchi yarmida tegishli vazirlik va idoralar ustidan parlament va deputatlik nazorati yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar rejasi shakllantirilgan. 

Yig‘ilish qatnashchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi tomonidan rejalashtirilayotgan parlament eshituvlari mavzularini atroflicha muhokama qildi. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yangi sifat darajasiga olib chiqish, Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar quyi palata muhokamasiga kiritiladi. 

Shuningdek Moliya vazirligi tomonidan mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi. 

O'zLiDePning loyihasida har bir viloyat, tuman va shahar Kengashlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, hududlarning iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining muhim ahamiyatidan kelib chiqib 57 tuman Kengashida kichik sanoat zonalari, 9 tumanda esa farmsanoat hududlarini tashkil etish borasidagi ishlarning holatini o‘rganish mo‘ljallangan. 

Shuningdek, 58 ta tuman va shahar Kengashida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishi holatini o‘rganish masalasi rejaga kiritildi. 

Bundan tashqari, qator viloyatlar, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilingan. Mazkur dasturlar ijrosi O'zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan nazoratga olinadi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Поделиться