O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm
07.10.2019Turizm |
Oʻzbekiston OAV vakillari Navoiyning diqqatga sazovor maskanlarida boʻlishdi 03.10.2019TurizmOʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan 25-26-sentyabr kunlari Navoiy viloyatida Tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari uchun infotur tashkil etildi. Undan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimizdagi yetakchi turistik tashkilotlar va OAV vakillarini Navoiy viloyatining turistik salohiyati hamda investitsion jozibadorligi bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir. |
Investment visa: Xorijiy investorlar uchun maxsus viza joriy etiladi 23.09.2019TurizmPrezidentning 2019-yil 19-sentabrdagi 5833-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi. |
Malayziyaning qator kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi 23.09.2019Turizm19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻlimi vakillari Malayziyaning PacPlus Resources, Midlands Aviation Asia Pacific (M) Sdn.Bhd. va Malaysia-Uzbekistan Chamber of Commerce kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. |
Fransiya tashqi ishlar vazirining vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 20.09.2019IqtisodiyotJoriy yilning 18-sentabr kuni Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida Fransiya tashqi ishlar vazirining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Izabel Servoz-Galluchchi, shuningdek, elchixona va vazirlikning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. |
Samarqandda yirik turistik-rekreatsion majmua qilishiga start berildi 19.09.2019TurizmSamarqanddagi tumanlardan birida keng koʻlamli turistik-rekreatsion kompleks qurilishi boshlandi. Qurilishning boshlanishiga 18-sentyabr kuni rasmiy start berildi, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari O.Ramatov hamda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etishdi. |
Toshkent shahar hokimligida Frantsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi 19.09.2019SiyosatToshkent shahar hokimi Frantsiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha maxsus vakili Paskal Loro va Frantsiya elchisi Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi. |
“TopGear”, “Vokrug Sveta”, “NationalGeographic” Oʻzbekistonning turistik targʻibotiga jalb qilinadi 18.09.2019TurizmOʻzbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash hamda ularni dunyoning mashhur telekanallarida namoyish qilish maqsadida “TopGear”, “VokrugSveta”, “NationalGeographic” kabi taniqli platformalar vakillarini yurtimizga jalb qilish rejalashtirilmoqda. |
11.09.2019Turizm 9-14-sentabr kunlari Oʻzbekiston Aeronavtika federatsiyasi, Mehmonxonalar assotsiatsiyasi, Gidlar uyushmasi, Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi rahbarlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq, turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari yoʻnalishida hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro tajriba almashish va bu borada qator kelishuvlarga erishishdan iborat. |
Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgda qator turistik va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazdi 11.09.2019TurizmOʻzbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan respublikamizning vazirlik va idoralari, davlat muassasalari va NNT vakillari, koʻzga koʻringan madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat delegatsiya Sankt-Peterburgda boʻldi. |
“Ajoyib Xitoy, rang barang Oʻzbekiston” haftaligiga start berildi 11.09.2019TurizmSoʻnggi ikki yilda Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari sezilarli darajada faollashdi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, mamlakatlar iqtisodiy farovonligini ragʻbatlantirish, turli sivilizatsiyalar oʻrtasida madaniy almushinuv va barcha sohalardagi aloqalarni mustahkamlash hamda tinchlik va barqaror taraqqiyotga doir yangi mexanizmlarni ishlab chiqishga chorlovchi “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi bunga yaqqol misol boʻla oladi. |
Gruziya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida 10.09.2019Siyosat2019-yilning 10-sentabr kuni Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi. |
Horwath HTL Oʻzbekiston turizm bozorini tahlil qilishga yordam beradi 07.09.2019TurizmTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Fransiyaga tashrifi doirasida Horwath HTL (Hotel, Tourism and Leisure) kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Filipp Doyzelet va maslahatchisi Anastasiya Boyeva bilan uchrashdi. Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi koʻmagi ostida tashkil etilgan uchrashuv Oʻzbekiston turizm bozori tahlilini amalga oshirish hamda mehmonxonalar qurish mavzusiga bagʻishlandi. |
Parijda Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan biznes forum boʻlib oʻtdi 06.09.2019Turizm5-sentabr kuni Parij shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida mamlakatimiz turizm salohiyatiga bagʻishlangan biznes forum oʻtkazildi. Biznes-forum “MEDEF International” assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. |
Istanbulda Oʻzbekistonning tibbiyot turizm salohiyati taqdim etildi 06.09.2019Turizm5-sentabr kuni Istanbul shahrida turizm sanoatining “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda tibbiyot turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi VII forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir Turkiya Madaniyat va Turizm vazirligi tomonidan IHTning Savdo-iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. |
05.09.2019Turizm Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Parijdagi Oʻzbekiston elchixonasida Fransiya turoperatorlar uyushmasi bosh kotibi Yurgen Baxmann bilan uchrashdi. |
“Interface Tourism Group” Oʻzbekiston brendini Fransiyada targʻib qilishda yordam beradi 05.09.2019TurizmOʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Fransiyaga tashrifi doirasida “Interface Tourism Group” prezidenti Gayel de La Porte hamda kompaniyani rivojlantirish boʻyicha direktori Juli Jeffroy bilan uchrashdi. |