O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgda qator turistik va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazdi

2019-09-11 | Turizm

Oʻzbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan respublikamizning vazirlik va idoralari, davlat muassasalari va NNT vakillari, koʻzga koʻringan madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat delegatsiya Sankt-Peterburgda boʻldi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg maʼmuriyati, Oʻzbekiston Respublikasi konsulligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Sankt-Peterburg Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi va RF federal mehnat va bandlik xizmati vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakili Sankt-Peterburg turistik markazida loyihalarni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari va rossiyalik turoperatorlar bilan uchrashdi hamda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotini oʻtkazdi. Uchrashuv yakuniga koʻra, markaz rahbariyati bilan hamkorlik bitimini tayyorlash va qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishga doir kelishuvga erishildi.

Shuningdek, oʻsha yerning oʻzida “Meandr” restavratsion-qurilish kompaniyasining salohiyatli investorlari bilan B2B uchrashuvlar oʻtkazildi. Tadbir davomida “Meandr” tomonidan qadimiy obidalar, tarixiy binolarni restavratsiya qilish hamda Oʻzbekistonda mehmonxonalar qurish bilan bogʻliq loyihalar taqdim etildi. Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi soʻnggi 8 oy ichida Oʻzbekistonga 2000 sayyohni yoʻllagan yirik “Aerotur” turistik kompaniyasi vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuv soʻnggida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Aerotur” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekistonga kirish turizmini rivojlantirishga doir Hamkorlik memorandumi imzolandi. 6-sentyabr kuni delegatsiyamiz vakillari Sankt-Peterburgdagi turli qurilish-ishlab chiqarish maydonlarida boʻlib, oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Jumladan, “Laxta-sentr” ijtimoiy-biznes kompleksining qurilishiga jalb qilingan “Renaissance Construction”ning 140 nafar ishchisi hamda 40 ayoldan iborat tikuv tsexi xodimlari bilan uchrashildi.

Tadbirlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari yigʻilganlarni Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan tabriklab, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va zamonaviy Oʻzbekistonning yutuqlari haqida maʼlumot berdi hamda yoshlarni bilim olishga chorlashdi. 

Shuningdek, delegatlar Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat temir yoʻl universitetida boʻlib, oʻzbekistonlik talabalar bilan ham uchrashishdi.

Поделиться