O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Fransiya turoperatorlar uyushmasi bosh kotibi bilan uchrashdi

2019-09-05 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Parijdagi Oʻzbekiston elchixonasida Fransiya turoperatorlar uyushmasi bosh kotibi Yurgen Baxmann bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar qator kelishuvlarga erishishdi. Xususan, Yurgen Baxmann joriy yilning 1-4-oktyabr kunlari Fransiyada boʻlib oʻtadigan "Top Resa-2019" xalqaro yarmarkasiga Oʻzbekiston delegatsiyasini taklif etdi. Oʻzbekiston tomon ushbu xalqaro yarmarkada oʻz stendi bilan qatnashishi hamda tadbir doirasida Fransiya OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etilib, jurnalistlar hamda fransiyalik turoperatorlarga mamlakatning turistik salohiyati taqdimoti oʻtkazilishiga kelishildi.

Shuningdek, “Top Resa-2019” doirasida Fransiya turoperatorlar uyushmasi xalqaro yarmarka tashkilotchilari bilan birgalikda Fransiyaning turizm bozori va, umuman, mamlakatdagi turizm holati boʻyicha boʻlib oʻtadigan yigʻilishida Oʻzbekiston haqida soʻz yuritilib, uning turistik salohiyati taqdimotini tadbir dasturiga qoʻshishi qoʻshimcha qilindi.

Taʼkidlash joizki, Yurgen Baxmann Germaniya, Afrika davlatlarida Fransiya bozori spetsifikasi boʻyicha maʼruzalar oʻqiydi. Shu bois u kelgusida Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universitetida talabalar uchun uch kunlik maʼruza oʻqishiga kelishildi. Shuningdek, Oʻzbekistonga tashrifi doirasida mahalliy turoperatorlar bilan ham  Fransiya bozori spetsifikasiga oid maʼlumotlar bilan boʻlishadi.

Bundan tashqari, shu yilning 13-15-noyabrida poytaxtda boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi-2019ʻ (TXTY-2019)da ilgari Oʻzbekiston bilan ishlamagan turoperatorlar ishtirokini taʼminlashga doir kelishuvga erishildi. Fransiyalik turoperatorlar mamlakatimizga tashrifi davomida ham TXTY-2019 tadbirida  qatnashishadi, ham mahalliy turizm bozori bilan tanishishadi.

Поделиться