O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda yirik turistik-rekreatsion majmua qilishiga start berildi

2019-09-19 | Turizm

Samarqanddagi tumanlardan birida keng koʻlamli turistik-rekreatsion kompleks qurilishi boshlandi. Qurilishning boshlanishiga 18-sentyabr kuni rasmiy start berildi, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari O.Ramatov hamda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etishdi.

Majmua qurilishi uchun 360 gektar yer ajratilgan boʻlib, uning 80 gektariga kongress-markaz, 5, 4 va 3 yulduzli mehmonxonalar, xiyobonlar, hovuzlar, sunʼiy orollar, restoranlar va boshqa turistik obyektlar qurish rejalashtirilmoqda.

Bu yerda suvni filtratsiyalovchi tizimga ega qurilmalar oʻrnatiladi hamda butun maydon boʻylab yashil zonalar yaratiladi.

Eshkak eshish kanali funksionali oʻzgarishsiz qoladi, quriladigan majmuada xalqaro turnir va musobaqalar oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, yildan yilga Samarqandga sayohat qilayotgan turistlar soni oshib bormoqda, ularning orasida mahalliy sayyohlar bilan birga xorijiy sayyohlar ham bor. Hududning oʻzida 4 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi, ular ham kanal maydonida oilaviy dam olib, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

Поделиться