O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Investment visa: Xorijiy investorlar uchun maxsus viza joriy etiladi
2019-09-23 | Turizm
Prezidentning 2019-yil 19-sentabrdagi 5833-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi.
2019-yilning 5-yanvaridagi 5611-sonli Farmoniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, roʻyxatda mavjud boʻlgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” lar qatoriga endi “Investment visa” ham qoʻshiladi.
Taʼkidlash joizki, “Investment visa” Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.