O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqanddagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auktsion orqali taqdim etiladi

2019-10-07 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 828-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-oktabr oyidan boshlab YUNESKO umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar, shu jumladan bufer zonalarlan tashqari, Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga E-IJRO auksion savdo maydonchasida elektron onlayn-aukitson orqali taqdim etiladi va ularga quyidagi investitsiyaviy majburiyatlar  yuklanadi:

• maydoni 6 sotixdan 15 sotixgacha boʻlgan yer uchastkasini ajratishda investorga 50 ta xonadan kam boʻlmagan mehmonxona qurish;

• maydoni 15 sotixdan 30 sotixgacha boʻlgan yer uchastkasini ajratishda holatda - 100 xonadan kam boʻlmagan mehmonxona;

• 50 sotix va undan ortiq maydonga ega yer uchastkasini ajratishda - 200 ta xonadan kam boʻlmagan, Z-5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona qurish yuklanadi.

Поделиться