O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Istanbulda Oʻzbekistonning tibbiyot turizm salohiyati taqdim etildi
2019-09-06 | Turizm
5-sentabr kuni Istanbul shahrida turizm sanoatining “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda tibbiyot turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi VII forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir Turkiya Madaniyat va Turizm vazirligi tomonidan IHTning Savdo-iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forum ishida 47 davlat vakillari ishtirok etishdi, Oʻzbekiston tomondan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “DMC” klinikasi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari tomonidan Oʻzbekistonning tibbiyot turizmi salohiyati, sohada berilgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek mamlakat hududlarining tabiiy salohiyati va uning salomatlik uchun foydasiga doir taqdimotlar oʻtkazildi.
“Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda tibbiyot turizmini rivojlantirish istiqbollari” forumi ishtirokchilari Oʻzbekiston tibbiyot klinikalari imkoniyatlari – shifokorlar professionalligi, klinkada zamonaviy tibbiyot uskunalarining mavjudligi hamda tibbiy xizmatlar uchun narxlarning hamyonbopligini qayd etib oʻtishdi. Muhokamalar davomida yaqin orada Oʻzbekiston ushbu sohaning Markaziy Osiyodagi ilgʻor oʻyinchilaridan biriga aylanishi mumkinligi taʼkidlandi.
Forum yakuniga koʻra, IHT mamlakatlari vakillari tibbiyot turizmini rivojlantirish, yaqin kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshiriladigan oʻzaro manfaatli loyihalarni yaratishga doir fikrlari bilan almashishdi.