O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“TopGear”, “Vokrug Sveta”, “NationalGeographic” Oʻzbekistonning turistik targʻibotiga jalb qilinadi
2019-09-18 | Turizm
Oʻzbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash hamda ularni dunyoning mashhur telekanallarida namoyish qilish maqsadida “TopGear”, “VokrugSveta”, “NationalGeographic” kabi taniqli platformalar vakillarini yurtimizga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Kun sayin zamonaviy axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yashayotganimizni anglab bormoqdamiz, axborot taqdim etish va unga ega boʻlish tobora yengillashib bormoqda. Ushbu resurslardan foydalanish imkoni esa mamlakatning har qanday sohasini rivojlantirishda muvaffaqiyatli misol boʻlib xizmat qilmoqda. Bu xizmatdan turizm sektori uchun foydalanish zaruratini qayd etish muhim ahamiyatga ega, zero axborot yordamida mamlakatning sayyohlik salohiyatini ham ogʻzaki, ham vizual, ham yozma yetkazish mumkin.
Axborot bozoridan foydalangan holda, mamlakat turistik salohiyatini tezkor surʼatlarda oshirish mumkin, bu ayniqsa turistik reklama maqsadiga yetishish uchun muhim.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston imijini shakllantirish hamda uning jahon bozorida tanilishini oshirish maqsadida “TopGear”, “Vokrug Sveta”, “NationalGeographic” kabi mashhur telekanal va ko'rsatuvlar bilan hamkorlikda ishlash hamda Oʻzbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash mamlakat turistik salohiyati targʻibotida samarali yondashuv hisoblanadi.
Reklamaning ushbu turi har doim axborot maydonining bir qismi boʻlib qoladi va bu oxir-oqibat turli platformalardan (televizorlar, planshetlar, kompyuterlar va h.k.) tomosha qiluvchi auditoriyaning yuqori qamroviga olib keladi.