O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalarini muhokama qildi

2020-09-11 | MDH

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha  Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manbasiga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining asosiy masalalari hamdaayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
 
 Vazirlar izchil mustahkamlanayotgan va hamkorlikning yangi shakllariga ega bo‘layotgan ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni yuqori sur'atlarda rivojlanayotganidan mamnun ekanini ma'lum qildi.
 
 Turli daraja va shakllarda, jumladan O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarning tashkiliy jihatlari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investisiya aloqalarini faollashtirish bo‘yicha amaliy takliflarni ko‘rib chiqildi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu yo‘nalishdagi faollikning pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni ijobiy baholadi.
 
 Madaniy-gumanitar sohada, ilm-fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
 
 Shuningdek, mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlarni yaratish masalasiga alohida to‘xtalindi.
 
 Vazirlar, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini ham muhokama qildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться