O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ar-Riyodda O‘zbekistonning Xalqaro energetika forumiga a’zoligini tiklash masalalari muhokama qilindi

2020-09-15 | Iqtisodiyot

AR-RIYOD, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Xalqaro energetika forumining (XEF) yangi tayinlangan Bosh kotibi Jozef Mak-Monigl bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

XEF dunyoda energetika iste’mol qiluvchi va ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi xalqaro tashkilot bo‘lib, 2007 yildan beri faoliyat yuritadi. Uning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Riyod shahrida joylashgan va 70 mamlakat unga a’zo.

Suhbat avvalida Jozef Mak-Monigl O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi bilan qutladi.

Muloqotda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston dunyo energetika bozorida muhim davlatlardan biri. So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda energetika sohasida amalga oshirayotgan yirik loyihalar dunyo ekspertlari e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Bosh kotib mamlakatimizda ilg‘or xorijiy hamkorlar ishtirokida qator qayta tiklanuvchi energiya loyihalari amalga oshirilayotganini, mintaqada birinchi atom elektrostansiyasi qurilishini, Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi tomonidan energiya ishlab chiqaruvchi ob’ektlar barpo etilishini yuqori baholadi.

Uchrashuvda Jozef Mak-Monigl O‘zbekistonning XEFga a’zoligini tiklash taklifini ilgari surdi.

Bosh kotibning bildirishicha, O‘zbekistonning XEF faoliyatida qatnashishi mamlakatimizning global energetika yo‘nalishidagi muloqotini faollashtirib, uning salohiyatini xalqaro miqyosda kengroq tanitishga imkon beradi. O‘zbekistonning XEF a’zoligiga qaytishi va 17- vazirlar yig‘ilishida qatnashishi iliq qarshi olinishi ta’kidlandi.

Uning doirasida vazirlar va rahbarlar o‘rtasida iqtisodiy o‘sish, barqaror energetika bozorlari, energiya tashuvlari va pandemiyadan keyingi rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashishga imkon beradi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться