O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston delegatsiyasi Tojikistonga yetib keldi

2020-09-14 | Siyosat

DUSHANBE, 13-sentabr. OʻzA maxsus muxbiri Gʻayrat Xonnazarov xabar qiladi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi “Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi, Oʻzbekiston – Tojikiston strategik sherikligida yangi sahifaning ochilishi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yetib keldi.

Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanning ochilish marosimida qoʻshni davlat Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Farhod Rahimiy, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov va mamlakatimizning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov tabrik soʻzi bilan ishtirok etadi.

Kun tartibining dastlabki tadbiri – yalpi majlisda ikki davlat yetakchi olimlari, ekspertlar oʻzbek va tojik xalqlari faylasuflari hamkorligining tarixi, bugungi kuni va istiqboli, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik va mintaqalararo aloqalar, Oʻzbekiston – Tojikiston savdo-iqtisodiy munosabatlari rivojlanishi tendensiyalari, madaniy integratsiya kabi dolzarb masalalarga oʻrin ajratilgan. Maʼruza va munozaralardan soʻng shoʻba yigʻilishlari boshlanadi.

Manba: O'zA

Поделиться