O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHTning “Terrorizm hamda unga olib boruvchi tajovuzkor ekstremizm va radikallashuvga qarshi samarali sheriklik” mavzuidagi onlayn konferensiyasi toʻgʻrisida

2020-09-15 | Siyosat

2020-yilning 14-sentabr kuni “Terrorizm hamda unga olib boruvchi tajovuzkor ekstremizm va radikallashuvga qarshi samarali sheriklik” mavzuida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) yuqori darajadagi terrorizmga qarshi onlayn konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda YXHTning amaldagi raisi — Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Gent Chakay, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov, YXHTga aʼzo davlatlarning yuqori martabali vakillari ishtirok etdi.

Anjuman chog‘ida terrorizmga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning rolini oshirish orqali mazkur yo‘nalishdagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada asosiy maʼruzachilardan biri sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sherzod Asadov ishtirok etib, u ishtirokchilarni mamlakatimizning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi yutuqlari bilan tanishtirdi.

Xususan, Oʻzbekistonning oʻn yildan ortiq vaqt mobaynida oʻz hududida bitta ham terroristik harakatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaganligi qayd etildi. MDH hududidagi hamkor maxsus xizmatlar bilan birgalikda 20 dan ortiq teraktlarning oldi olindi.

Xavfsizlikni taʼminlash, jumladan xorijiy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash sohasida Oʻzbekiston uchinchi yildirki, ketma-ket eng xavfsiz mamlakatlar reytingida yetakchi oʻrinni egallab turgani ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholashdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться