O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-12-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov raisligida videokonferensiya shaklida O‘zbekiston – Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga Jamg‘armaning amaliy faoliyatini tashkil etish va istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq bir qator masalalar kiritildi. Shuningdek, yig‘ilishda Jamg‘armaning tashkiliy tuzilmasi, byudjeti, uning ish tartibi, investitsiyaviy, kredit va hisob siyosatini belgilovchi bir qator ichki me'yoriy hujjatlar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
 
Tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq, Jamg‘arma nafaqat o‘z mablag‘lari hisobidan, balki boshqa tijorat manbalari, jumladan, xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari va jamg‘armalarining mablag‘larini jalb qilish orqali istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish vositasi sifatida faoliyat yuritadi.
 
Jamg‘arma faoliyatining ustuvor vazifasi etib qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va logistika sohalarida qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil qilishga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish belgilab olindi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi ikki mamlakat iqtisodiyotlarining raqobatbardosh ustunliklaridan foydalangan holda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda o‘zbek va qirg‘iz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida o‘zaro bog‘liq qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga yordam beradi.
 
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat iqtisodiyotlarini modernizasiya qilish va rivojlantirish, shuningdek, ustuvorlikka ega o‘zaro manfaatli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish orqali ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida tashkil etildi. Tegishli Bitim har ikki ishtirokchi davlat tomonidan shu yilning noyabr' oyida ratifikasiya qilingan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться