O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2021-12-29 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.
Germaniya Elchisi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladi.
T.Klinner Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy yondashuv ishlabchiqishilishida, mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ta’lim sohasida, xususan, Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi orqali hamkorlik qilish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi