O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Evropa sifati endi Romitanda
2022-01-07 | Innovatsiya
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-yilda 850 mln. so'mga moliyalashtirilgan teskari osmos texnologiyasi asosida suv fil`trlarini ishlab chiqarish loyihasi o'z faoliyatini boshladi. «Turon Komplekt» MChJ Romitan Innovatsion hududida import o'rnini bosuvchi suv fil`trlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda. Xitoy, Turkiya va Evropa davlatlarida ishlab chiqarilgan texnologiyalardan sifati bilan raqobat qila oladigan texnologiya, narxi arzonligi bilan ajralib turadi.
Korxona tomonidan texnik xizmat ko'rsatish ham tashkil qilingan bo'lib, respublikamizning yirik sanoat korxonalariga suv fil`trlari o'rnatish bilan birgalikda, ularga texnik xizmat ham ko'rsatiladi. Hozirda teskari osmos tizimlari suv tozalash uskunalari bozorida mustahkam o'rin egallamoqda. Teskari osmos tizimlari maishiy xo'jalik va ichimlik suvlarni tozalash uchun mo'ljallangan bo'lib, shuningdek er osti, sho'r suvlarni tozalab, 90-99% gacha zararli minerallar, og'ir metallar, virus va bakteriyalardan tozalaydi.
Teskari osmos sistemalar qo'llaniladigan asosiy sohalar bu - oziq-ovqat, qishloq xo'jaliklari, kimyo, gal`vanika, mikroelektronika, farmakologiya sanoatlari texnologik jarayonlari uchun suv tayyorlash(tuzsizlantirish) sohalaridir. «Turon Komplekt» korxonasida TK tseriyali, ishlab chiqarish quvvati 250 l/soat, unumdorligi 30 tonna/soat bo'lgan tizimlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Fil`trlovchi elementlar sifatida VONTRON, SSM, TORAY, DAW kabi dunyoning etakchi kompaniyalari membranalaridan, dastlabki fil`trlash uchun 5 mkm.li va 1 mkm.li mexanik fil`trdan foydalanamiz. Shu bilan birga har bir mijozning manba suvi tekshiruvlari natijalaridan kelib chiqqan holda bir necha bosqichli birlamchi tozalash tizimlari ham o'rnatiladi.
Korxonamiz tomonidan har bir mijoz buyutmasiga individual yondashiladi, hamda manba suvining mexanik va kiyoviy analiz natijalaridan kelib chiqqan holda optimal konstruktsiyadagi filtrlar taklif etiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi