O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda ijtimoiy himoyalanmagan bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etiladi
2022-01-05 | Jamiyat
Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan YUNISЕF ko‘magida ijtimoiy himoyalanmagan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi.
Tadbir Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Davra suhbati o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad - o‘smirlarning ixtisoslashtirilgan tarbiyalash muassasalariga joylashtirilishlarining oldini olish va ularning oilalari hamda jamiyatga to‘g‘ri reintegratsiyasini ta’minlash bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlarni umumlashtirish bilan izohlanadi.
Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining 29-may 2019-yildagi «Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga oid boshqa asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida parlament nazoratining tahlil va xulosalari natijalari taqdim etiladi.
Davra suhbati yakuni bo‘yicha ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi