O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2022-01-06 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilari - Praveen Kumar va Seema Rawat professorlari “Hisoblash intellekt va tibbiyot uchun bashorat tahlili" ("Computational intelligence & predictive analysis for medical science”) nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Ushbu kitob o‘zgarib borayotgan dunyoda tibbiyot fanlari uchun hisoblash intellekti va bashoratli tahlil qo‘llanmalaridan foydalanish va ushbu sohada tadqiqot, innovatsiyalar va ishlanmalarni amalga oshirishda jamiyatga foyda keltirishga qaratilgan.

Dr. Seema Rawat 15 ta patentga ega bo‘lib, Jahon intellektual mulk kuni munosabati bilan “FACULTY INNOVATION EXCELLENCE AWARD 2019” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Dr. Praveen Kumar – 8 ta patentga ega, hukumat tomonidan e’tirof etilgan sun’iy intellekt va mashinalarni o‘rganish sohasidagi ulkan hissasi uchun Hindiston mashinalarni oʻrganish instituti aʼzosi sifatida taqdirlangan.

Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda Amiti universitetiga 33 dan ortiq chet eldan tashrif buyurgan malakali o‘qituvchilari o‘z faoliyatini yuritmoqda. Ularning aksariyati professor va doktor unvoniga ega bo‘lib, IT, iqtisodiyot, turizm, biznes boshqaruvi va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim berib kelishmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться